На бирже курсовых и дипломных проектов можно найти образцы готовых работ или получить помощь в написании уникальных курсовых работ, дипломов, лабораторных работ, контрольных работ, диссертаций, рефератов. Так же вы мажете самостоятельно повысить уникальность своей работы для прохождения проверки на плагиат всего за несколько минут.

ЛИЧНЫЙ КАБИНЕТ 

 

Здравствуйте гость!

 

Логин:

Пароль:

 

Запомнить

 

 

Забыли пароль? Регистрация

Повышение уникальности

Предлагаем нашим посетителям воспользоваться бесплатным программным обеспечением «StudentHelp», которое позволит вам всего за несколько минут, выполнить повышение уникальности любого файла в формате MS Word. После такого повышения уникальности, ваша работа легко пройдете проверку в системах антиплагиат вуз, antiplagiat.ru, etxt.ru или advego.ru. Программа «StudentHelp» работает по уникальной технологии и при повышении уникальности не вставляет в текст скрытых символов, и даже если препод скопирует текст в блокнот – не увидит ни каких отличий от текста в Word файле.

Работа № 93888


Наименование:


Курсовик Xaqaro kredit va xalqaro qarzdorik muammosi1

Информация:

Тип работы: Курсовик. Добавлен: 14.1.2016. Сдан: 2015. Страниц: 29. Уникальность по antiplagiat.ru: < 30%

Описание (план):


Reja:
Kirish
I-bob. Xalqaro kreditning nazariy asoslari.
1.1 Xalqaro kredit tushunchasi, funksiyalari va turlari.
1.2 Xalqaro qarzdorlik yuzaga kelishining o`ziga xos xususiyatlari.
II-bob. Jahon iqtisodiyotida xalqaro suda kapitali harakati.
2.1 Xalqaro moliya institutlarining rivojlanayotgan(Afrika va Osiyo) mamlakatlarni kreditlash amaliyoti.
2.2 Gretsiyaning xalqaro qarzdorlik muammolari.
2.3 O`zbekistonning xalqaro kreditlashdagi ishtiroki va muammolari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Kirish
Hozirgi globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyoti jadal sur`atlarda o`sib bormoqda. Bunday o`zgarishlar iqtisodiyotning barcha sohalarig ta`sir ko`rsatmay qolmaydi. Ayniqsa kapitallarning bir davlatdan boshqa davlatlarga ko`chib o`tishi yana ham jadallashmoqda. Bunga sabab esa kapital miqdorini ko`paytirib foyda hajmini oshirishdir. Kapitalning harakatini esa turli ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Ularga misol qilib, investitsiya shaklida, ssuda kapitali shaklida va boshqa turli xildagi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi.
XX asrning 2-yarmidan boshlab ssuda kapitaling bir davlatdan boshqa davlatga ko`chib o`tishi boshlandi. Bunga sabab 2-jahon urushidan keyin juda ko`plab davlatlarning mustaqillikka erishishi, AQSh iqtisodiyotining rivojlanib kapital miqdorining ortib ketganligi sabab bo`ldi. Bundan tashqari Yeropaning rivojlangan mamlakatlari, Angliya, Fransiya, Italiya, Germaniya kabi mamlakatlarning ham rivojlanishi tezlashib ulardagi kapital miqdori ortib bordi. Va bu mamlakatlar o`z kapitallarini boshqa davlatlarga kirita boshladi. Kapitallarni eng ko`p tarqalgan turlaridan biri bu “xalqaro kredit” shaklida namoyon bo`ldi. Keyinchalik xalqaro kreditlar berish bilan shug`ullanadigan turli xildagi moliya institutlari: Jahon banki, Osiyo banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi tashkilotlar vujudga keldi. Hozirgi kunda esa xalqaro kreditlashda turli xildagi muammolar vujudga kelmoqda. Ulardan eng kattasi kreditni o`z vaqtida qaytarmaslik va umuman qaytarmaslik kabi holatlar ham vujudga kelmoqda. Va buning oqibatida Lotin Amerika mamlakatlari esa kreditlarni qaytara olmay o`zlarini defolt deb e`lon qilishgan. Ayni vaqtda xalqaro kredit bilan yuzaga kelgan muammolardan eng kattasi Gretsiya hisoblanadi. Lekin shunga qaramasdan xalqaro ssuda kapitalining harakatlanishi va rivojlanishi, va buning oqibatida davlatlarning iqtisodiyoti rivojlanishi bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o`tmoqda.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Hozirgi globallashuv jarayonida kapital harakati tezlashib ketdi. Xalqaro ssuda kapitali esa oxirgi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalarning asosiy qismini tashkil etadi. Va buning oqibatida rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida xalqaro kredit munosabatlarida ahamiyati ortib bormoqda.
Kurs ishi mavzusining obyekti: Xalqaro kredit munosabatlari ishtirokchilari
Kurs ishi mavzusining predmeti: Xalqaro kredit munosabatlari va qarzdorlik muammolari.
Kurs ishi mavzisining maqsadi: Xalqaro ssuda kapitalining hozirgi zamon rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va baholash.
Kurs ishi mavzusining vazifalari:
· Xalqaro kredit tushunchasini o`rganish.
· Xalqaro kredit funksiyalari, tamoyillari, turlarini yoritish.
· Xalqaro moliya institutlarining kreditlash tajribasini o`rganish.
· Xalqaro kreditlashda yuzaga keladigan muammolar.
· O`zbekistonning xalqaro kredit munosabatlaridaga o`rnini tahlil qilish va uning rivojlantirish yo`llarini ishlab chiqish.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan. Uni yozishda Prezidentimiz ma`ruzalari, asarlari, milliy va xorijiy ommabop jurnallar, xalqaro tashkilotlarning yillik hisobotlari, o`zbek va xorij adabiyotlar, hamda internet saytlardan foydalanildi.


I-bob. Xalqaro kreditning nazariy asoslari.
1.1. Xalqaro kredit tushunchasi, funksiyalari va turlari.
Xalqaro kredit ssuda kapitalining jahon aylanmasidagi harakati bo’lib, bu harakat tovar va valyuta ko’rinishidagi mablag’lami uch shart asosida, yani:
- qaytarib berishlilik;
- muddatlilik;
- foiz to’lashlilik asosida berish natijasida yuzaga keladi.
Xalqaro kredit munosabatlarining subyektlari sifatida tijorat banklari, Markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, hududiy va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari qatnashadi.
Xalqaro kreditning yuzaga kelishiga sabab bo’lib, ishlab chiqarishni milliy doira darajasidan oshishi, xo’jalik aloqalarining baynalmilallashuv jarayonining tezlashishi, xalqaro kapitallarning umumlashuvi hamda ishlab chiqarishning ixtisoslashishi va kooperatsiyalashuvining natijasi hisoblanadi.
Xalqaro kredit tamoyillari. Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Qaytarib berishlilik: agar olingan mablag’lar qaytarilmasa, pul kapitalini qaytarib bermaslik shakli namoyon bo’ladi, yani moliyalashtirish yuzaga keladi;
2. Muddatlilik, yani kredit shartnomasida ko’rsatilgan muddatda kredit qaytarilishini taminlash;
3. Taminlanganlik, yani olingan kreditni to’lashni kafolatlanganligi;
4. Maqsadlilik, yani ssudani aniq obyektlarga yunaltirishni ko`zlash, va uni birinchi navbatda, kreditor davlatning eksportini rag’batlantirish uchun qo’llash.
5. Foiz to’lashlilik. ya`ni olingan pulni ma`lum muddat davomida foiz miqdorini to`lab turish.
Xalqaro kreditning funksiyalari. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy aloqalarda ssuda kapitallari harakatini o’ziga xos xususiyatini namoyon etib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Takror ishlab chiqarishni kengaytirish, istemolni taminlash uchun ssuda kapitallarini mamlakatlar o’rtasida qayta taqsimlash. Ssuda kapitallari xalqaro kredit mexanizmi orqali foydasi ko’prok, daromadliroq bo’lgan tarmoqlarga intiladilar. Shu orqali kredit milliy daromadning o’rtacha daromadga tenglashishiga imkoniyatni yuzaga keltiradi va uning massasi oshishiga olib keladi.
Haqiqiy pullarni kredit pullarga almashtirish, naqdsiz to’lovlarni rivojlantirish va tezlashtirish hamda naqd valyuta aylanmasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan almashtirishlar orqali xalqaro hisob-kitoblar muomalasidagi sarf-xarajatlar iqtisod qilinadi. Xalqaro kredit bazasida xalqaro hisob-kitoblarning kredit mablag’lari yuzaga keldi - veksellar, cheklar, shu jumladan, banklararo o’tkazmalar, depozit sertifikatlari va shu kabilar. Ssuda kapitali muomalasini vaqtincha tejash orqali xalqaro iqtisodiy aloqalardagi kapitalni ishlab chiqarish funksiyasi o’sishiga, ishlab chiqarish kengayishiga va foydaning oshishiga olib keladi.
Kapitalning bir joyga to`planishi va markazlashishini tezlashtirish: chet el kreditlarini jalb qilish tufayli qo’shimcha qiymatning kapitalga aylanish jarayoni tezlashadi, shaxsiy jamgarmalar chegarasi kengayadi, bir davlat tadbirkorlarining kapitallariga boshqa davlatning mablag’lari qo’shilishi oqibatida ular miqdori ko’payadi. Xalqaro kredit oldindan yakka korxonalarni hissadorlik jamiyatlariga aylanishiga, yangi firmalar va monopoliyalarni paydo bo`lishiga xizmat qiladi.
Xalqaro kredit funksiyalarining ahamiyati katta va u milliy hamda jahon xo’jaligi rivojlanishiga qarab o’zgarib turadi. Hozirgi sharoitda xalqaro kredit iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasini bajarmoqda va o’zi ham tartibga solinish obyekti bo’lib hisoblanmoqda.
Ishlab chiqarishni rivojlantirishda xalqaro kreditning roli. Xalqaro kredit o’z funksiyalarini bajarishda ikkiyoqlama rol o’ynaydi (ijobiy va salbiy).
Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi ijobiy o’rni - uni takror ishlab chiqarish rivojlanishini taminlashda va kengaytirishda namoyon bo’ladi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga turtki bo’lib xizmat qiladi. Xalqaro kredit ishlab chiqarish baynalmilallashuviga va ayirboshlashuviga, jahon bozorining tashkil topishiga va rivojlanishiga, xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro kredit takror ishlab chiqarish jarayonini quyidagi yo’nalishlar orqali tezlashtiradi:
Birinchidan, kredit mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini rag’batlantiradi, shu orqali bozorda konyunkturani ko’taruvchi talabni yuzaga keltiradi. Tashqi savdo kreditda xalqaro meyor bo’lib hisoblanmoqda. Ayniqsa, uzoq davr mobaynida tayyorlanadigan, istemol qilinadigan va bahosi baland tovarlar uchun. Maxsulotlarning bahosini va jahon savdosida mashina hamda asbob-uskunalar ulushi oshishi eksport qiluvchilarni ham, import qiluvchilarni ham, tashqi savdo kreditlariga bo’lgan qiziqishlarini orttirmoqda.
Hozirgi zamon sharoitida kreditor-mamlakatdan eksport yetkazib beruvchi «bog’liqlik» kreditining salmogi oshdi. Kreditlanayotgan davlatning tovarlarini sotib olish uchun qilinadigan xarajat qarzning sharti bo’lib hisoblanmoqda. Xuddi shu orqali xalqaro kredit kreditor-mamlakat flrmalarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit chet el xususiy investitsiyalari uchun qulay muhit yuzaga keltiradi. Chunki, odatda, kreditor-mamlakat investorlariga imtiyozlar berish majburiyatlari qo’yiladi. Infrastrukturani tashkil etish, shu jumladan, chet el va qo’shma korxonalarni faoliyat ko’rsatishi, xalqaro kapitalga aloqasi bor milliy korxona va banklaming pozitsiyasi kuchayishiga yordam beradi.
Uchinchidan, kredit - mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga xizmat qiluvchi xalqaro hisob-kitob va valyuta operatsiyalari tuxtovsizligini taminlaydi.
To’rtinchidan, kredit - mamlakat tashqi savdo operatsiyalarini iqtisodiy samaradorligini oshiradi va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlari rivojlanishiga turtki bo’ladi.
Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi salbiy o’rni - bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda uning qarama-qarshiligi kuchayishida namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotda nomutanosiblik chuqurlashadi, kredit-tovarlar qayta ishlanishi tezlashadi, mamlakatlar o’rtasida ssuda kapitallarini qayta taqsimlaydi hamda iqtisodiy ko’tarilish va davriy pasayish davrlarida ishlab chiqarishni juda tezlashtiradi. Xalqaro kredit ijtimoiy ishlab chiqarishdagi nomutanosiblikni kuchaytiradi, buning oqibatida daromadli tarmoqlar rivojlanishi osonlashadi, shu bilan birgalikda chet el kapitali jalb qilinmagan tarmoqlarning rivojlanishi sekinlashadi.
Xalqaro kredit - mamlaqatlaming xarid bozori raqobati uchun kurash quroli hamda kapitalni joylash sohasi, xom ashyolar manbalari, ITT sohasidagi yutuqlardir.
Kredit siyosati kreditor mamlakatning jahon bozoridagi umini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bunda:
Birinchidan, xalqaro kreditni qarz sifatida olgan mamlakatdagi daromadlarni qarz bergan mamlakatga olib o’tishda foydalaniladi. Shu bilan birga, ssudani qaytaruvchi har yilgi foiz to’lovlari, jamiyatning sof daromadi miqdorini ko’paytiruvchi, ishlab chiqarish o’sishini taminlovchi jamgarmalarning tashkil topishi, shu jamgarmalaming tashkil topish manbalari qarzdor mamlakatlarga salbiy tasir etadi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit qarz oluvchi mamlakat tomonidan kreditor mamlakatlar uchun qulay iqtisodiy va siyosiy muhit yaratishni takozo etadi.
Yetakchi mamlakatlar o’z umini yanada mustahkamlash uchun banklar, hukumatlar, xalqaro va hududiy valyuta-kredit va moliya tashkilotlari orqali vaqti-vaqti bilan ularga mos kelmagan siyosat yuritayotgan davlatlarga nisbatan kredit diskriminatsiyasini va kredit kamalini qo’llashadi.
Kredit diskriminatsiyasi - bu kredit olishda, undan foydalanishda yoki xalqaro kreditni to’lashda malum bir qarz oluvchilarga iqtisodiy va siyosiy bosimni yuzaga keltiruvchi, ogir va qiyin shartlami kuyishdir.
Kredit diskriminatsiyasining asosiy usullari bo’lib, kredit bo’yicha cheklashlar, foiz stavkasini, komission yigimlami oshirish, kutilmaganda kreditdan foydalanishni tuxtatish yoki kredit summasini kamaytirish hamda iqtisodiy va siyosiy tusdagi chora-tadbirlar ko’rish shartlari hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro kreditdan foydalanishda uning ikkiyoqlama roli namoyon bo’ladi, bir tomondan, mam........


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. I. A. Karimovning 2010-yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yil iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga bag`ishlangan O`zbekiston Resbublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. - T.2011.
2. I. A. Karimovning 2015-yil 10-apreldagi Oliy Majlis huzurida so`zlagan nutqi
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2013-yilning asosiy yakunlari va 2014-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.- T. 2013
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilning asosiy yakunlari va 2015-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.- T. 2014
5. “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanidan na`munaviy dastur. Sirojiddinov N. 2013 yil
6. World economy V.K.Lomakin 2000
7. Киреев А. П. Международная экономика. В 2-х ч. - Ч. II. Международная макроэкономика: открытая экономика и макроэкономическое программирование. Учебное пособие для вузов. - М.: Междунар. отношения, 2002
8. Международные экономические отношения / Под ред. В.Е. Рыбалкина. - М.: ЮНИТИ, 2008
9. Международные экономические отношения. Международный бизнес/ Учебник. - Ростов-на Дону, Феникс, 2009
10. Вахабов А.В., Таджибаева Д.А., Хаджибакиев Ш.Х. Жа?он и?тисодиёти ва хал?аро и?тисодий муносабатлар: Ў?ув ?ўлланма/ и.ф.д., проф. Вахабовнинг умумий тахрири остида. - Т.: Молия, 2011
11. ?акимова М., Хўжаев Х., Ма?мудов Б. Хал?аро и?тисодий муносабатлар. Тошкент, «Ў?итувчи», 2006.
12. Кругман П. Р., Обстфельд М. Международная экономика. Теория и политика: Учебник для вузов/Пер. с англ. под ред. В П.Колесова, М.В.Кулакова. - М.: Питер, 2003.
13. Миклашевская Н.А., Холопов А.В. Международная экономика. - М.: «Дело и Сервис», 2008.
14. Михайлушкин А.И., Шимко П.Д. Международная экономика: теория и практика. - М.: Питер, 2008.
15. Томас А. Пугель, Питер Х. Линдерт Международная экономика. - М.: Дело и Сервис, 2003.
16. WB Annual Report 2013
17. WB Annual Report 2014

Internet saytlari:
uza.uz < >
< >worldbank.org
ereport.ru




Перейти к полному тексту работы


Скачать работу с онлайн повышением уникальности до 90% по antiplagiat.ru, etxt.ru или advego.ru


Смотреть похожие работы

* Примечание. Уникальность работы указана на дату публикации, текущее значение может отличаться от указанного.