, , , , , . .

 

 

!

 

:

:

 

 

 

?

StudentHelp, , MS Word. , , antiplagiat.ru, etxt.ru advego.ru. StudentHelp , Word .

98625


:


Araliqtan woqitiw sistemasinda informaciyaliq qawipsizlikti saqlaw.

:

: . : 01.08.2016. : 2015. : 64. antiplagiat.ru: < 30%

():



KIRISH
I BOB. MASOFAVIY TALIMNING NAZARIY VA DIDAKTIK ASOSLARI
I.1. STRATEGIK REJALASHTIRISH
I.2. AXBOROT TAMINOTI
I.3. OQUV DASTURLARI
II BOB. MASOFAVIY TALIMNING TASHKILIY VA USLUBIY MODELLAR
II.1. KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH
II.2. TALABALARGA KORSATILAYOTGAN XIZMATLAR
II.3. MASOFAVIY TALIM TIZIMIDA TALABALARNI OQITISH
III BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI
III.1. AXBOROT XAVFSIZLIGI USULLARI
III.2.MASOFAVIY TALIM TIZIMIDA MUALLIFLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH

XULOSA

MASOFAVIY TALIMDA QOLLANILADIGAN ATAMALAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Internet va Web texnologiyalarining taraqqiyoti bilimlarni olish va qabul qilishning hamda oqitishning yangi shakllari pado bolishiga olib keldi. Ushbu shakllar nafaqat texnik rejaning, balki bilimlarni olish va ozlashtirishning metodologiyasi va psixologiyasi ozgarishiga sabab boldi. Axborot texnologiyalari yutuqlari bilan uzviy bogliq bolgan masofaviy talimning paydo bolishi masofadan turib bilim olish uchun katta imkoniyatlar yaratibgina qolmay, balki bir qator muammo va masalalarni kondalang qoydi. Ularga javob bermay turib, biz talimning ilgor shakllariga madaniyatli bir tarzda otish haqida gapira olmaymiz.
Hisoblash texnikasi va Internetning rivojlanishi nafaqat axborotni qayta ishlash muhitiga, balki turmushning boshqa sohalariga ozining sezilarli hissasini qoshdi. Ayniqsa bu talim tizimi va bilim olish mexanizmlariga tasir korsatdi. Yangi axborot texnologiyalari talim jarayonini vaqt yoki joylashgan joyiga bogliqlikdan xalos qildi. Biroq, ayni bir vaqtda, axborot texnologiyalari oquv jarayonida ishtirok etayotganlar oldiga yangi qoshimcha talablar qoydi.
WWW texnologiyasi bundan 500 yildan koproq vaqt otgandan beri, yani kitob chop etish paydo bolganidan buyon bilim va talim olish tizimiga eng katta ozgarishlar kiritgan bolsa ehtimol. Odatda odamlarning biror bir ozgarishlarga qisqa vaqtda moslashishi qiyin kechadi. Kishilar ozlarining ana-nalari, usullari, qadriyatlari va etiqodlarini himoya qilish tendensiyasiga ega va yangi mafkuraga otib, qaltis ishga qol urishni xohlamaydi, shu sababli ularning ozgarishlarga qarshi kurashishi ajablanarli hol emas. Bu masofaviy talim texnologiyalariga ham taalluqli.
Masofaviy talim(MT) nafaqat kompyuter tizimi orqali (odatda Internet yordamida), shu bilan birga axborot texnologiyalariga aloqador bolgan boshqa talim jarayonlari orqali amalga oshiriladi. Masofaviy talimning rivojlangan tizimlarida konsultatsiya xizmatlari, bibliografiya va boshqa axborot taminotlari qollaniladi. MTga otish ijtimoiy ozgarishlarga, bilim olishda mutlaqo yangi yondashuvlarga olib keladi.
Oliy oquv yurtlari mamuriyati, fakultet dekanati va professor-oqituvchilari MTni muvaffaqiyatli joriy etish uchun ularning oquv dasturlarini qaytadan kshrib chiqish talab etilishini yaxshi bilishadi. MT tizimiga otish nafaqat talimning yangi vositalarini qollashni, eng muhimi oqitish texnologiyasida, oqituvchilarning ham, tahsil oluvchilarning ham ongida ozgarishlar yasashni talab qiladi. Oxirgi paytlarda yetakchi garb mamlakatlarida ham, iqtisodiyoti otish bosqichida bolgan mamlakatlarda ham MT tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishda keskin jonlanish yuz bermoqda. MT tizimlari kutubxona funksiyalarini avto matlashtirish jarayonlari bilan chambarchas bogliq, chunki har ikki holda ham malumotlar (elektron darsliklar, qollanmalar, malumot axborotlari va hokazolar)ni tizimlashtirish va tasniflashga togri keladi. Turli universitet va kutubxonalarda kop hollarda birinchi qarashda mazkur kutubxona yoki oliy oquv yurtining ehtiyojlarini tola qondiruvchi xususiy kutubxona formatlari, kataloglarni yaratish va qayta ishlash dasturlari yaratiladi. Bu odatda boshqa malumotlar bazasiga, xalqaro kutubxona tizimlariga kirish uchun axborot-lingvistik nomuvofiqlikka olib keladi, jahon axborot makoniga yol yopiladi. Kopincha elektron darsliklar deyilganda ilmiy asoslanmagan metodikadan foydalangan holda skanirlangan axborotlarning tizimlashtirilmagan toplami tushunilmoqda. Bundan tashqari malumotlarni izlash va saqlashning zamonaviy texnologiyalari talablariga javob bermaydigan dasturiy vositalar yaratilmoqda va ulardan foydalanilmoqda. Bu oqlanmagan sarf-xarajatlarga, axborotlarni takrorlashga, axborotni izlash va qayta ishlash tezligi yoqolishiga olib keladi. Toliq matnli malumotlar bazasini yaratish maqsadida bunday butun boshli dasrliklar, jurnallar, maqolalar skanirlanadi; yaratilgan malumotlar bazasidan kerakli axborotni qanday qilib topish mumkin, degan muhim masalani hal etish haqida umuman bosh qotirilmaydi.
Albatta, axborot hajmi kam bolganda bu katta qiyinchilik tugdirmaydi. Biroq odatda jiddiy malumotlar bazasi uzoq vaqtga hamda uzluksiz toldirish va rivojlantirish uchun yaratiladi. Shu sababli MT tizimlari rivojiga kutubxona jara yonlarini avtomatlashtirish masalalari bilan uzviy aloqada qarash zarur va boz ustiga rejalashtirish, axborotlarni tizimlashtirish, tezkor foydalanishni va samarali izlashni tashkil etish vazifalari yetakchi orinlardan biriga olib chiqilishi kerak.
MT tizimlarini ishlab chiqish va tadqiq qilish masalalariga ozlarini bagishlagan turli mualliflarning ishlarini Organish va tahlil qilish yettita asosiy jihatga urgu berish mumkinligini korsatdi. MT tizimiga otishga doir ishlarni tashkil etishda quyidagi jihatlarga etibor qaratish zarur:
strategik rejalashtirish;
axborot taminoti;
oquv dasturlari;
kadrlarni qayta tayyorlash;
talabalarga korsatiladigan xizmatlar;
masofaviy talim tizimida talabalarni oqitish;
Masofaviy talim tizimida mualliflik huquqlarini
himoya qilish.
Ushbu BMIda MTning konseptual masalalariga koproq etibor qaratildi va jahonning yetuk olimlari tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilindi. Ular MT tizimida Internetdan foydalanish boyicha kop yillik tajribaga ega bolish bilan birga bilim olishning yangi tizimini qollagan oquv yurtlarida MTning tashkiliy tuzilmaga, talim darajasi samaradorligiga tasirini hamda oquv jarayoni bilan bogliq boshqa muhim omillarni organgan. Amalga oshirilgan tahlillar, yetakchi universitetlar tajribasi va tadqiqotlari asosida MTni rivojlantirishning turli yonalishlariga doir bazi tavsiyalar berildi. Oz universiteti, instituti yoki kollejining oquv jarayonida MTni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga, bilim olish mexanizmlarini kengaytirish uchun MT usullaridan foydalanishga, talim jarayonida Internet imkoniyatlaridan foydalanishning ilgor texnologiyalarini qollashga qaror qilib, muhim qadam tashlagan tashabbuskor kishilar uchun mazkur tahlil materiallari va takliflar foydali boladi, degan umiddaman.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Bitiruv malakaviy ishi Ozbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilab berilgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yonalishlari Fan bilan talim jarayoni aloqadorligini rivojlantirish bandi mazmuniga, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini taminlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi [2], 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi togrisidagi qarorlari hamda Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish togrisidagi, 2004 - 2009 yillarda maktab talimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi togrisidagi Farmonlarida[1], 2004 yildagi Axborotlashtirish togrisida gi, Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, tamirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash togrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 21.11.2007 sanada qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 242 sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda ushbu BMIning dolzarbligini ifodalashamiz mumkin.
BMI obekti.
Masofaviy talim usuli bilan talim jarayonini amalgam oshirivchi muassasalar.
Bitiruv ishining maqsadi. Masofaviy talim, turlari, unga qoyilgan talablar va tizimdagi malumotlarni kriptografik usullardan foydalanib himolash usullarini organish.
Bitiruv ishining vazifasi. Masofaviy talim tizimiva undagi axborotlarni ximolash usullari bilan ishlash konikmalarini hosil qilish.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, 3 bob, xulosa va adabiyotlardan iborat.
Ushbu BMIning 1 - bobi Masofaviy talimning nazariy va didaktik asoslari deb nomlangan. Ushbu bobda strategic rejalashtirish, axborot taminotlari va oquv dasturlari haqida malumotlar keltirilga.
Ushbu BMIning 2 - bobi Masofaviy talimning tashkiliy va uslubiy masalalari deb nomlangan. Ushbu bobda kadrlar malakasini oshirish, talabalarni masofaviy oqitish boyicha malumotlar keltirilgan.
Ushbu BMIning 3 - bobi Axborot xavfsizligi usullari deb nomlangan. Ushbu bobda axborot xavfsizligi usullari va masofaviy talim tizimida mualliflik huquqini himoya qilish boyicha malumotlar keltirilgan.


I BOB. MASOFAVIY TALIMNING NAZARIY VA DIDAKTIK ASOSLARI
1.1. STRATEGIK REJALASHTIRISH

Faoliyatni togri rejalashtirish har bir ishni boshlashda doim muvaffaqiyat keltiradi. Bu murakkab tashkiliy tuzilmaga va koplab aloqalarga ega tizim sifatida MTga ham taalluqli. MT tizimlarini joriy etish boyicha yetakchi mamlakatlar tajribasi aynan strategik rejalashtirishda yol qoyilgan xatolar ham katta moddiy zarar keltirishini, ham behuda vaqt sarflanishiga sabab bolayotganini korsatmoqda.
MT tizimida rejalashtirish nima degani?
Strategik rejalashtirish bu - MT tashkil etishda funksiyalar, majburiyatlar va resurslarni taqsimlash, shuningdek ushbu funksiyalar va vazifalarni bajarishning aniq muddatlarini belgilashdir [7].
MTni strategik rejalashtirish quyidagi savollarga javob berishi kerak:
MT texnologiyalarini muvaffaqiyatli royobga chiqarish uchun qanday moddiy resurslar bizga zarur?
Ushbu resurslarni qanday samarali taqsimlash mumkin?
MTni royobga chiqarishda funksiyalarni kim bajaradi va ularning roli qanday? Ishlarni tashkil etish uchun kim javobgar va qay darajada javobgar?
Belgilangan maqsadlar va vazifalar qanday muddatlarda bajarilishi kerak?
MT tizimiga otish oqitish va bilim olish texnologiyalari masalalarini korib chiqishni nazarda tutibgina qolmay, balki mamuriy boshqaruvda, mamuriyat va oquv yurti professor-oqituvchilari ishida ozgarishlarga, mablaglarni taqsimlashga olib keladi. Yani, soz strategik rejalashtirishga yangicha yondashuvlar haqida bormoqda. De Neufville (1986) rejalashtirish - jamiyat uchun qarorlar sifatini yaxshilash va uning kelajagiga tayyorgarlik korishga moljallangan sayharakatlar majmuidir deb takidlaydi. Shunday qilib, strategik rejalashtirish nafaqat bolgusi xatti-harakatlar xronologiyasini, balki qarorlar va holatlarni yaxshilash tizimini belgilab berishi kerak [8].
MT masalalari bilan ilmiy tadqiqot mavzusi sifatida shugullanuvchi bir qator olimlar MTni strategik rejalashtirish eng muhim bosqich deb hisoblaydilar (Aoki & Pogroszewski, 1998; Hache, 2000; Miller, 1998; Moore, 1994, Richart, 2002; Saba, 2000). Hache (2000). Rektorat va dekanat, shuningdek oqituvchilar ishni MTga alohida nazar yoki MTning konsepsiyasidan boshlaganlarida, MT texnologiyalarini joriy etish oxir oqibat tashkiliy madaniyatda ozgarishlarga olib kelishini tushunishlari kerak, deb izoh beradi. MT mamuriy va tashkiliy tuzilmasi oqituvchi, talaba, dekan va hokazolarning muloqotiga yonaltirilgan holda qurilgan ananaviy talimning mavjud dasturlari obraziga aylanib qolishi mumkin emas (Miller, 1998; Saba, 2000; Aoki va Pogroszewski, 1998; Moore, 1994). MTni joriy etishda mamuriy boshqaruv, talabalar uchun xizmatlar, sinfdan tashqari oqitish, konsultatsion tizim - barcha ushbu sohalar MTni muvaffaqiyatli royobga chiqarish uchun tahlil qilingan va zarur bolsa ozgartirilishi kerak. MT konsepsiyasining ozini korib chiqishda roy berishi mumkin bolgan tashkiliy va oquv dasturlaridagi ozgarishlarni, shu bilan birga inson resurslarini hamda moddiy resurslarni taqsimlashdagi ozgarishlarni ham hisobga olish zarur (Bloomfield, 1993). Berge and Mrozowski (2001), Care and Scanlan (2001), Chute et al. (1999), Robinson (2000), Verduin and Clark (1991), Walton (2001), and Willis(2000) rejalashtirish bosqichi MTda alohida ahamiyatga ega deb qayd etadilar, Gellman-Danley, va Fetzner (1998) samarali rejalashtirish va oliy oquv yurtlarining tashkiliy siyosatini rivojlantirish masofadan turib oqitishning yaxshi boshqariladigan dasturini yaratish imkonini beradi deb takidlaydi. Bu rejalashtirish moddiy resurslarni samarali sarflash imkonini beradi (masalan, kop yillar davomida belgilangan maqsadlarni royobga chiqarish uchun bir qancha paketni emas, MT boyicha dasturlarning bir paketini xarid qilish lozim).
MT davrida oquv yurtlarining tashkiliy tuzilmasi va umuman talim tizimi qanday bolishi kerak? Alohida kafedralar, fakultetlar va hatto universitetlar bir-birlari bilan qanday munosabatda bolishlari kerak? MT tizimidan foydalanish funksiyalari, majburiyatlari va huquqlarini qanday taqsimlash mumkin? Elektron resurslarni tuzish va ulardan foydalanishni kim nazorat qilishi kerak va MTning mazmuniy negizini shakllantirish mexanizmlari qanday?
Amerikada oliy talim tuzilmasi XVII asrda birinchi universitet (Farrington va Yoshida, 2000) ochilgandan buyon nisbatan ozgarmagan va barqarordir. Mazkur tuzilma ommaviy ishlab chiqarish asrida, axborot cheklangan, moliyalashtirish uchun keng manbalar mavjud bolgan va talim texnologiyalariga kichik ozgartirishlar kiritilgan davrda tashkil topdi (Richart, 2002). Bugungi kunda innovatsiyalar va raqobat talim muhitiga jiddiy tasir korsatadi. Shu sababli jamiyat oliy talim tizimi uchun jiddiy talablarni belgilaydi va katta samara kutadi (Carr-Chellman, 2000). Oliy talim muassasalari katta muammolarga va tuzilmaviy ozgarishlarga shay bolishi kerak (Bates, 1997; Kriger, 2001). Tashkilot rejalariga MTni joriy etish bilan ularning tuzilmasi qayta korib chiqilishi mumkin (Hanna, 1998; Prestera & Moller, 2001; Saba, 2002).
Talim tizimi holatining MT joriy etilgandan oldin va undan keyingi tahlili MT universitetning tashkiliy tuzilmasiga va uning tashqi dunyo bilan ozaro munosabatiga ancha jiddiy ozgarishlar kiritishini korsatmoqda. Bozor talabi avval talimga daxldor bolmagan yonalishlarda ozini namoyon eta boshlaydi (Hanna, 1998; Thompson, 1999). Oliy talim intensiv raqobat va tijorat rivoji tufayli global iqtisodiyotga tobora koproq kirib boradi (Bates, 1997; Rumble, 2000; Taylor & Swannell, 2001; Turoff, 1998). Oliy talim hokimiyatining taqsimlanishi ham yakka tartibdagi shaxslar bilan, ham tashkilotlar bilan qayta korib chiqiladi, boshqaruvchilar ozlarining eskirgan yondashuvlari bilan jiddiy ravishda qayta Organishi va yonalishni ozgartirishi yoki ornini boshatib berishi kerak (Carr-Chellman, 2000;Hughes, 2001).
Oliy talim tobora hamkorlik, texnologiyalar va tuzilmaviy islohotlarga bogliq bolib boraveradi. Zaif muassasalar va bolimlarni kuchliroq qilish, resurslarni birlashtirish va qayta-qayta xarajat qilishning oldini olish uchun hamkorlik yuzaga keladi. Talabalarga bunday xizmatlar korsatuvchi oliy oquv yurtlari onlayn talabalar uchun oz resurslarini birlashtira olish maqsadida Konsorsiumlar tuzadilar (Farrington & Yoshida, 2000; Hanna, 1998).
Talabalar virtual darajaga yetish uchun ularning alohida-alohida dasturlarini birlashtirishga qodir boladi. Yani ular turli muassasalarning kurslari va dasturlarini birlashtirib, har bir talabaning unikal dasturini yaratadilar (Garrison, 1989; Hawkins, 2000).
Oquv rejasi va instruksiyalar ham ozgarishlarga uchraydi. Oqituvchining roli har doim ham onlayn muhitiga bogliq bolavermaydi. Oqituvchi uchun oquv materialini yaratish jiddiy ozgarishlarga uchramaydi. Oquv rejasining mazmuni bilan shugullanuvchi mutaxassislar qaysi material onlaynda taqdim etilishini hal qiladi. Metodik dizayner ushbu materiallar taqdimotini loyihalashtiradi va texnik mutaxassis bevosita onlayn kurslarni yaratadi.
Ushbu fikrga qarshi chiqish mumkin, chunki bizning fikrimizcha, oqituvchidan boshqa hech kim onlaynda yaxshi taqdimot otkaza olmaydi va uning materiali ozlashtirilishini hech kim uningchalik nazorat qila olmaydi. Shu sababli yaqin kelajakda oqituvchiga vositachisiz ozining oquv onlayn kursini tuzib chiqish imkonini beruvchi vositalar rivojlantiriladi.
Oqituvchi tegishli kursdan tahsil oluvchi talabalar bilan onlayn aloqa ornadadi (Grunert, 1997; Kriger, 2001; Teylor i Swannell, 2001; Young, 2002). Shundan boshlab oqituvchi maruzalar yozish va kurs materiallarini yaratish uchun vaqt sarflab otirmaydi, ular bilan yakkama-yakka munosabatlarga kirishish uchun onlayn talabalar bilan ozaro hamkorlik qilishga koproq vaqt sarflaydi (Farrington va Yoshida, 2000; Reigeluth va Avers,1997). Talim yakka tartibdagi jarayonga aylanib, oqituvchi va talaba mashgulotlarni otkazib yubormaydi (Darnell va Rosenthal, 2000; Rogers, 2001).
Talabalar uchun kopgina xizmatlar ana shu xizmatlarni yaratuvchilardan xoli tarzda amalga oshirilishi mumkin. Masalan, virtual kitob dokonlari kopchilik oliy oquv yurtlari uchun faoliyat korsatadi. Onlayn mashgulotlarga qatnovchi texnik mutaxassislar oliy oquv yurti xodimi bolmasligi mumkin. (Darnell and Rosenthal, 2000; Graves, 2000; Lloyd, 2000; Turoff, 1998). Ichki va tashqi resurslar ortasidagi bu ozaro munosabat yangi mamuriy jarayonlarning paydo bolishiga olib keladi va boshqaruvning yangi tuzilmalarini rivojlantirishi mumkin (Hanna,1998; Teylor va Swannell, 2001; Turoff, 1998). Mamurlar koproq tijorat faoliyati turi sifatida ularning muassasalarini boshqaradi (Green, 2001; Online Learning, 2002).
MT muvaffaqiyatli bolishi uchun u samarali tashkiliy tuzilmaga aylanishi kerak (A Workplan, 2001; Bates,1997; Bothel, 2001; Morrow, 1999; Rahman, 2001). Ananaviy talabalar shaharchalari va universitetlar yoqolib ketmaydi (Hanna, 1998), biroq tashkiliy ozgarishlar yuz beradiki, bu MT ozgarishi va rivojlanishi bilan bogliq bolib, ular talabalar ehtiyojlariga samarali javob beruvchi talim tizimiga olib keladi.
Oliy oquv yurtlari nihoyat MT dasturlarini rejalashtirishda talimning ananaviy tizimiga qaraganda MT tizimida tahsil oluvchi talabaga koproq talim olish imkoniyatlarini yaratib berish zarurligini tushunib yetadi.
MTga taalluqli kopchilik rejalar alohida hujjatlarga emas, rejalashtirishning tegishli strategik hujjatlariga kiritilgan. Hache (2000) MTni strategik rejalashtirishni toliq organib chiqdi va bu taraqqiyot uchun resurslarni jiddiy ravishda tejash imkonini beruvchi, talim jarayonlari va oqitish texnologiyalarini birlashtiruvchi hayotiy vosita degan qarorga keldi. Stone va boshqalar (2001) ham MT dasturi, agar u strategik rejalashtirilgan bolsa, muvaffaqiyatli bolishini takidlmoqda. 21- asrda sifatli talimni taminlash maqsadida rejalashtirishga tizimli yondashish kerak (Frances, Pumerantz, & Caplan, 1999; Kemp, 2000).
MTga taalluqli strategik rejalarni ishlab chiqishda uning barcha ishtirokchilarining manffatlari, tajribasi, ahamiyatini hisobga olish zarur (Drucker, 1986; Hache, 2000; Morrow, 1999; Ohler & Warlick, 2001). Afsuski, MTning kopchilik dasturlari konsepsiyasiz va asosiy maqsadlarsiz royobga chiqarilgan (Bothel, 2001). Tajriba oliy oquv yurtining ham mamuriyati, ham professor-oqituvchilari ushbu jarayonga qoshilganda MT dasturlarini rivojlantirish boyicha strategik rejalar eng samarali ekanligini korsatmoqda (Bloomfield, 1993; Hughes, 2001). Tosh, Miller, Rice, va Newman (2000). Dekanat va professor-oqituvchilar eng boshidan boshlab MTni royobga chiqarish uchun ustuvorliklarni, siyosatni, va tartib-qoidalarni belgilashga jalb etilgan bolishi kerak. MTga jalb etilgan shaxslarning muayyan majburiyatlarini avval boshdan aniqlab olmay turib, kopchilik muammolar hal qilinishi mumkin emas va savollar tartibsizliklarni keltirib, javobsiz qolishi mumkin. Draves (2000) agar puxta siyosat yuritilsa hamda tartib-taomillar va strategiyalar tang muammolarga qaratilgan bolsa, MT tizimiga otishda moslashish darajasi yoki pogonasi samarali boladi, deb takidladi. MT dasturlarini amalga oshirish uchun maqsad va vazifalarni belgilab olishga barcha manfaatdor shaxslarni jalb etish va ushbu jarayonga jalb etilgan har bir shaxs MTga doir muammolarni tushunishi mamurlar MT bilan bogliq ustuvorliklar va cheklovlarni belgilab olishiga komaklashadi. Bu ozgarishlarga tosqinlik qilishni kamaytiruvchi kuchli strategiyalarning paydo bolishiga olib keladi.
Korib chiqilgan ishlarda, baribir, nuqtai nazarni rivojlantirish va MTni strategik rejalashtirishda yetakchilik rolini kim bajarishi kerak degan savollarda yakdillikni topish qiyin. Care and Scanlan (2001) va Mills va Paul (1993) fikricha, rektorat va dekanat MTga taalluqli rejani rivojlantirishda rahbarlik va yetakchilik qilishi kerak. Strategik rejalashtirish harakatchan va ozgaruvchan bolib, talim tizimida ozgarishlar madaniyatiga qaratilgan (Hache, 2000), shuning uchun strategik rejalashtirishga taalluqli jarayonlar mamuriyat majburiyatlarining boshida bolishi kerak, chunki uning vazifasi ozgarishlar natijasida paydo boladigan muammoarni yengillashtirishdan iboratdir. Boshqa tarafdan, bolak mualliflar MT texnologiyasida oldinga siljish uchun tuziladigan reja unga aloqador bolgan har bir kishini jalb eta oladigan bolishi kerak, deb hisoblaydilar. Schifter (2000), Kriger (2001), Myers va Ostash (2001), va Rockwell, Schauer, Fritz, va Marx (2000) fakultet (dekanat va professor-oqituvchilarning) yetakchiligisiz fakultet ozgarishlarga moyil bolmasligi mumkin, degan fi........


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz, kelajak yoq . - T. : Ozbekiston, 1998.
2. Yuksak manaviyat - yengilmas kuch. - T. : Manaviyat, 2008.
3. Ozbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura, 1-jild. T. , "Ozbekiston", 1996.
4. Bizda ozod va obod Vatan qolsin. 2 -jild -T., "Ozbekiston", 1996.
5. Ozod va obod vatan, erkin va farovon xayot - pirovard maqsadimiz. 8 -jild-T. , "Ozbekiston", 2000.
6. Vatan ravnaqi uchun har birimiz masulmiz. 9 - jild-T. , "Ozbekiston", 2001.
7. Raxmatullaev M.A. Sistema distansionnogo obucheniya i testirovaniya bibliotechnx kadrov. V sbornike Betgerskie chteniya. Izdanie Natsionalnoy Biblioteki Uzbekistana. Tashkent. 2005. s.84-91.
8. Raxmatullaev M.A. Sistema distansionnogo obucheniya i testirovaniya bibliotenx kadrov. V sbornike Bedgerskie chteniya. Izdanie Natsionalnoy Biblioteki Uzbekistana. Tashkent. 2005. s.84-91.
9. Raxmatullaev M.A. Informatsionne resurs dlya nauki, obrazovaniya, kultur i biznesa. Problem i resheniya po sozdaniyu. Bibliotechno-informatsionne resurs v nauke, obrazovanii, kulture i biznese. Tezis doklada. Mejdunarodnaya konferensiya, Tashkent-Samarkand . 2004.
10. Raxmatullaev M.A. Lutfullaev R. Saidov R. Eshkabilov S. Amirov D. Elektronne nauchno-obrazovatelne resurs v Uzbekistane.Uzbekistondagi electron ilmiy-talim resurslari Electron scientific and educational resources in Uzbekistan. Sbornik Natsionalnaya biblioteka RU im. A. Navoi. 2004. 104 s.
11. Raxmatullaev M.A. Informatsionne texnologii v bibliotekax. Metodicheskoe posobie po razrabotke proektov s ispolzovaniem novx informatsionnx texnologiy. Monografiya. Tashkent. 2003. izd. Natsionalnaya biblioteka. Pereizdano v Bishkeke . 2004. 272 str.
12. A.Ivanitskiy. Texnologii i tendensii distansionnogo obrazovaniya. V jurnale InfoCOM.uz. Tashkent. c.48-50.
13. Donatella Castelli. Digital libraries of the future - and the role of libraries. Library Hi Tech. Vol. 24 No. 4 , 2006. pp.496-503.
14. Anderson, S. K., & Middleton, V. (2002). You want me to do what? The cultural and psychological struggle of putting a course online. The Technology Source, Retrieved January 7, 2002, from defualt.asp?show=article&id=917
15. Aoki, K., & Pogroszewski, D. (1998, October). Virtual university reference model: A guide to delivering education and support services to the distance learner. The Online Journal of Distance Learning Administration, 1(3). Retrieved from ~distance/jfall13.html
16. Armstrong, L. (2000). Distance learning: An academic leaders perspective on a disruptive product. Change, 32(6), 20-27. Bates, A. W. (1997). Restructuring the university for technological change. Paper presented at The Carnegie Foundation for the Advancement ofTeaching, London, England.
17. Bates, A. W. (2000). Managing technological change: Strategies for college and university leaders. San Francisco: Jossey-Bass. Bennett, S., Priest, A.-M., & Macpherson, C. (1999).
18. Learning about online learning: An approach to staff development for university teachers [Electronic version]. Australian Journal of Educational Technology, 15(3), 201-221.
19. Berge, Z. L. (1998, July). Barriers to online teaching in post-secondary institutions: Can policy changes fix it? The Online Journal of Distance Learning Administration, 1(2). Retrieved from ~distance/jsummer12.html
20. Berge, Z. L., & Mrozowski, S. (2001). Review of research in distance education, 1990 to 1999. The American Journal of Distance Education, 15(3), 5-19.
21. ~distance/Hache12.html
22. ir/library/ pdf/erm0140.pdf
23. ~distance/ojdla/spring41/ husmann41.html
24. ~distance/jmainsp2098.html < ~distance/jmainsp2098.html>





90% antiplagiat.ru, etxt.ru advego.ru



* . , .